2008 yil may oyida Qizilqum kashfiyotchilarining madaniy va ma’rifiy merosi bo’lgan – “Qizilqum sahrosini o’zlashtirish tarixi “ muzeyi o’z faoliyatining 25 yilligini nishonladi. Yillar davomida o’lkamiz sanoatini o’zlashtirish yo’lida ,o’z mavzu va ekspozitsiyalarining masshtablarini kengaytiribgina qolmay, balki siyosiy-ma’rifiy xonadon boshlab, ko’pgina aholi uchun muhim bo’lgan ma’naviy-ma’rifiy masalalarni ham hal qilyapti.

NKMK 45-yilligiga muzeyning namoyish zallari qaytadan rekonstruksiya qilinib, kon boshqarmasining o’quv markazi tinglovchilari, Navoiy Davlat Konchilik Instituti filiali Sanoat kasb-hunar kolleji talabalari uchun o’quv tarbiyaviy markazga aylanib va shu maqomga ega bo’ldi. Muziyning yaratilishi va rivojlanishida shaharni birinchilar qatorida  barpo etgan ko’plab insonlar va Zarafshonning asosiy bo’linma va xxizmatlari rahbarlarining salmoqli hissalari qo’shilgan.

Muzeyda quyidagi mavzularda bo’limlar mavjud, jumladan:

-Sahro zabtkorlari;

-Biz o’z shahrimizni sevamiz;

-Qizilqum tabiati;

-Qadimgi hayot;

-NKMK sanoati;

-Geologiya va meniralogiya;

-O’lkamiz xalqlarining tarixi va turmush tarzi.


Sahro zabtkorlari mavzusida tayyorlangan bo’limlar muzeyning kirish qismida joylashgan, unda qurilish, kon va burg’ulash texnikasi bilan shaharni kashf etganlar va Qizilqum sahrosida sanoatni o’zlashtirganlarning birinchi yutuqlari aks ettirilgan fotosuratlar o’rin olgan.

Muzeyning namoyish zali markazida oltin sanoatchilari poytaxti-Zarafshon shahriga katta e’tibor qaratilib, O’zbekiston Respublikasi ramzlari bilan bezatilgan. Bu yerda Zarafshon Qurulish Boshqarmasi  tomonidan qurilgan Zarafshon shahrini nihoyatda go’zal ekanligini ko’rib amin bo’lasiz.

“Qizilqum tabiati” mavzusida qo’yilgan eksponatlar sahro florasi va faunasi butun go’zalligi va ulug’vorligi bilan aks ettirilgan, unda qushlar, ilonlar, quyonlar, yirtqichlar va boshqa hayvonlarning tulumlari joy olgan.
Stendlarda O’zbekiston Respubikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan va yo’qolib ketayotgan nodir hayvonlar, echkemarlar va sahro faunasining boshqa namoyondalari o’rin olgan.

Qadimgi hayotni tasvirlovchi bo’lim kosmologiya, arxeologiya, poleogeografiya elementlarini namoyish etadi. Bu yerda tariximizning milliard yillikdavrlari birin-ketin, xuddi rang-barang kaleydoskopdek ko’z o’ngimizdan o’tib, yerning paydo bo’lishidan tosh, bronza vat emir asrlar davomida aborigenlar joylashgan manzillarning qadimgi sivilizatsiyasining shakllanishi aks ettirilgan. Bronza davrining yashash tarzidagi ro’zg’or idishlari, qadimgi odamlarning mehnat qurollari, qoyalarga chizilgan rasmlar(petrogliflar), Qizilqum hududidagi “Buyuk ipak yo’li”ni moddiy guvohligini anglatib, o’ziga xos bir “Qizil kitob” bo’lib davlat muhofazasi ostida turibdi.

O’shbu bo’lim XX asrning 50-yillar oxirida boshlangan Qizilqum sahrosini o’zlashtirish bilan tugaydi. Shuning uchun, keying “NKMK sanoati” nomlangan bo’limda suvga katta e’tibor qaratilgan. Amudaryo-Zarafshon suv trassasi maketi butun hayot va sanoat ishlab chiqarishining faoliyati uchun suv  qanchalik muhim ekanligini tasvirlab beradi.

Birgina “NKMK sanoati” deb nomlangan bo’limning o’zi O’zbekistonning barcha muzeylari ichida yagona va noyob hisoblanadi. Bu yrda sanoat korxonalari maketlari, dastlabki kon ashyolaridan va so’ngi mahsulotlarigacha bo’lgan jarayon maketlari mavjuddir.
“Muruntog’ ” koning maketida esa kosmek suratga tushirilgan 500m chuqurlikdagi texnogen krater ko’rinishini tasvirlaydi. Oltin koni maketi yonida o’zining maxsus kon texnikasi bilan Qizilqum fosforit kompleksi maketi o’rin olgan. “Tarixiy” faoliyati bir necha o’n yilliklar hisoblangan, qazib olish va qayta ishlab chiqarish texnologik siklni yakunlab, davlat xazinasiga 999,9 probali oltin quymasini yetkazib berayotgan 2-GMZ maketi ham mavjud.

Keyingi yillarda tashkil etilgan, sahroni o’zlashtirish tarixi sahifalariga kirgan Zargarlik zavodi, oltin va kumush konlarini qazib va qayta ishlab chiqarayotgan Amantaytau-Goldfilds (O’zbekiston – Buyuk Britaniya) qo’shma korxonalariga oid bo’limlar ham bor.

“Geologiya va mineralogiya” bo’limi esa Qizilqum hududi – Muruntog’ foydali qazilmalariga bag’ishlanibgina qolmay, balki O’zbekistonning barcha oltin koni zahiralari va turli ma’dan va noma’dan mineral ashyolari eksponatlari ham mujassam

“Qizil burchak” dagi ma’lumotlar XX-asrning kashfiyoti-duyodagi eng noyob oltin koni – Muruntog’ koniga bag’ishlangan. Kon maydoni xaritasi yonida Qizilqum kashfiyotchilarining surtlari osilgan. Burchakda turli kon jinslari – chaqmoq toshlardan boshlab, yakuniy mahsulotlar- O’zbekistondagi bir necha korxonalarining buyumlari bilan tanishsa bo’ladi.

“O’lkamiz xalqlarining tarixi va turmush tarzi “ ga oid eksponatlarga yaqinlashganda muzeyga tashrif buyurganlar geologik-mineralogikva kon metallurgik    muhidan bexosdan o’zgacha oddiy insoniy muhitga tushganini anglab qolasiz. Bunda yana Zarafshon shahrida yashovchi o’zbek , qozoq, slavyanlar diasporasiga mansub turmush tarzini, ularning urf-odatlarini namoyon etuvchi eksponatlarni ko’rib, zavq olib, hangu-mang bo’lib qolasiz. Bundan tashqari, zalda xalq hunarmandchiligi ijodidan namunalarni namoyish etish uchun ko’rgazmalar tashkillashiriladi. Muzeyda tabiiy va texnik fanlarga oid mutaxassislarning ilmiy ishlari ham saqlanib kelinmoqda Bu mutaxassislar NKMK xomashyo bazalari va kon-ma’dan ishlab chiqarish rivojiga juda katta hissalarini qo’shganlar. Davlat, xalq va kasb bayramlariga bag’ishlangan oltin sanalar muzey xodimlarining mavzuli ko’rgazmalari va ta’riflovchi ma’ruzalarida o’z aksini topgan.

Muzeyning faxrli mehmonlari kitobida Hindiston, Xitoy, Angliya, Fransiya, Germaniya, AQSH,Kanada va boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlar o’z fikr va mulohazalarini yozib qoldirganlar.